beautypg.com

Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari – Samsung SM-T211 User Manual

Page 463

background image

O'zbek

462

Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni

tarqatmang

Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan

materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar

buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining mualliflik

huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy foydalanishi oqibatida

yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar emas.

Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari

(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)

(Ajratilgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlar uchun

mo'ljallangan)
Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni

anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol uchun,

quloq karnaylari, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar bilan

birga tashlab yuborilmasligi lozim.
Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va

insonlarga zarar yetishini oldini olish hamda ularni tegishli tarzda qayta ishlash

va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish uchun,

iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan ajrating.
Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz utilizatsiya

qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi ma’lumotlarni, ushbu

mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy hokimiyat organidan olishlari

mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid qilish

shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu mahsulot

va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat chiqindilari bilan

aralashtirilmasligi lozim.