Samsung SM-T211 User Manual
Page 462

O'zbek
461
SIM-karta va xotira kartalarini ehtiyotkorlik bilan ushlang
Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani chiqarib
•
olmang, chunki bu ma’lumot yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki qurilmaga
zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa qurilmalardan
•
keluvchi elektr tovushlardan himoyalang.
Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal obyektlar
•
bilan tegmang. Agar tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani yumshoq sochiq bilan
arting.
Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga
ishonch hosil qiling
Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni
amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq
joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda xizmatlarga bog‘lanishning
muqobil usullarini rejalashtiring.
Shaxsiy va muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlang
Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan
•
chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.
Qurilmangizni tashlayotgan vaqtingizda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va
•
undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi
uchun, qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytaring.
Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘ring.
•
Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p
qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda ehtiyot
bo‘ling.
Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan
•
himoyalash uchun, tez-tez tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan
noqonuniy maqsadlarda foydalanish alomatlarini topsangiz, hisob
qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki yo‘q qilish uchun xizmat
ta’minotchingizga murojaat qiling.
Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni
•
himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.
Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni
•
namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.