Samsung SM-T211 User Manual
Page 458

O'zbek
457
Qurilmangizni magnitli maydonlar yaqinida saqlamang
Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati
•
yo‘qotilishi mumkin.
Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon
•
kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan zararlangan
bo‘lishi mumkin.
Magnitli tugmalarga ega g‘ilof yoki aksessuarlardan foydalanmang yoki
•
qurilmangizni uzoq vaqt davomida magnitli maydonlarda turishiga yo‘l
qo‘ymang.
Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik
yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash
idishlari ichiga qo‘ymang
Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.
•
Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.
•
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar
yetkazmang
Qurilmangiz ekrani zararlanishi mumkin.
•
Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zara
•
yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.
Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi
ilovalardan foydalanmay turing
Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi, qizarish kabi
past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin.
Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni
insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang
Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi yoki
ko‘zni shikastlashi mumkin.
Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling
Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda
•
qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.
Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-
•
asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida
bo‘lganligi sababli xushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Aga
noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.