Samsung SM-T211 User Manual
Page 460

O'zbek
459
Qurilmadan foydalanayotganda:
Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.
•
Bevosita mikrofonga gapiring.
•
Qurilmaning ichki antennasiga tegmang. Bunday qilish qo‘ng‘iroq sifati
•
pasayishiga yoki qurilmaning mumkin bo‘lmagan radio to‘lqinlarni (RF)
chiqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quloq karnaylaridan foydalanayotganda, quloqlaringizni va
eshitish qobiliyatingizni himoya qiling
Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar
•
yetkazishi mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida baland ovozda
•
musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l transport
hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quloq karnaylarini audio qurilmaga ulashdan oldin har
•
doim ovozni pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa
tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan minimal ovoz
balandligidan foydalaning.
Quruq joylarda, quloq karnayida statik elektr quvvati
•
yig‘ilishi mumkin. Quloq karnaylarini quruq joylarda
foydalanmang yoki statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun,
quloq karnayini qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni
ushlang.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik
bilan foydalaning
O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi
•
voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.
Quloq karnayi kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofadagi obyektlarga o‘ralib
•
qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib
yurmang
Chunki yiqilsangiz, Sizga yoki qurilmaga zarar yetishi mumkin.
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki
o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab
•
chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur,
uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.
Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki
•
yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.