beautypg.com

O'zbek, Xavfsizlik ma’lumoti, Diqqat: elektr toki, olov va portlashdan saqlang – Samsung SM-T211 User Manual

Page 453

background image

O'zbek

452

Xavfsizlik ma’lumoti

Ushbu xavfsizlik ma’lumoti mobil qurilmalar haqidagi

ma’lumotlardan iborat. Ba’zi ma’lumotlar qurilmangizga

mos kelmasligi mumkin. O‘zingizga va atrofdagilarga shikast

yetkazmaslik, qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun, qurilmani

ishlatishdan avval xavfsizlik ma’lumotlarini o‘qib chiqing.

Diqqat: Elektr toki, olov va portlashdan saqlang

Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan

elektr manbai uyasidan foydalanmang

Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash

qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang

Elektr kabelini egmang yoki zararlamang

Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda qurilmadan foydalanmang

yoki uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang

Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga

keltirmang

Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va

zararlamang

Qurilmani ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanmagan

zaryadlash qurilmasi bilan zaryadlamang

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan foydalanmang

Qurilmangiz to‘g‘ri ishlamasligi mumkin va Sizning elektr toki urishi ehtimoli

yuqori bo‘ladi.

Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani

ishlatmang

Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiyalash uchun, eng yaqin tasdiqlangan xizmat

markazi bilan bog‘laning.