Samsung SM-T211 User Manual
Page 456
O'zbek
455
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil
qurilmadan boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va
normativlariga rioya qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida, Sizning eng birinchi vazifangiz transport
vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni boshqarish
vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va boshqalarning
xavfsizligi uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini o‘rganib
•
chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul qilish yoki
amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni qisqartiradi.
Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan
•
uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil qiling.
Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli pochtangizga
Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.
To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatib
•
turing. Yomg‘ir, qor aralash yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz harakat noqulay
sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang. “Bajariladiganlar” ro‘yxatini
•
qidirish yoki manzillar kitobingizni ko‘rib chiqish asosiy vazifangiz bo‘lgan
transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni chalg‘itadi.
Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab turgan
•
vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni tering.
Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos keladigan
vaqtga rejalashtiring.
Diqqatni chalg‘ituvchi ehtirosli yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga
•
e’tibor bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini
boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi
suhbatlarni darhol to‘xtating.
Qurilmangizdan yordam olish maqsadida foydalaning. Yong‘in, yo‘l transport
•
hodisasi yoki tibbiy yordam zarur bo‘lgan hollarda mahalliy favqulodda
raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling.
Favqulodda holatlarda boshqalarga yordam berish uchun qurilmangizdan
•
foydalaning. Agar Siz insonlar hayotiga xavf soluvchi yo‘l transport hodisasi,
qonunbuzarlik yoki jiddiy favqulodda hodisa guvohi bo‘lsangiz, darhol
mahalliy favqulodda raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling.
Kerak bo‘lganda, tezkor yordam xizmatining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq
•
qiling. Hech qanday noqulaylikni yuzaga keltirmayotgan buzilib qolgan
transport vositasi, svetofor yoki hech shikastlanmagan kichkina yo‘l
transport vositasini, o‘g‘irlangan transport vositasini ko‘rsangiz, bunday
holatlar haqida xabar berish lozim bo‘lgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq
qiling.