beautypg.com

Samsung SM-T211 User Manual

Page 461

background image

O'zbek

460

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar

yopishtirmang

Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib

qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Agar Sizda

qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz

qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday

hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va doktor bilan

maslahatlashing.

Qurilmangizni tozalashda:

Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.

Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.

Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang.

Qurilma ekrani yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang

Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin.

Qurilmani ta’mirlash uchun, Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

Qurilmani o‘zi uchun belgilangan maqsadda ishlating

Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga xalal

bermang

Bolalarga qurilmadan foydalanish uchun ruxsat bermang

Qurilmangiz o‘yinchoq emas. Bolalarning u bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang,

chunki ular o‘zlariga, qurilmaga yoki boshqalarga shikast yetkazishi.

Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating

Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar

xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin

qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan

simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Faqatgina malakali ustalarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat

bering

Malakasiz ustalarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz

buzilishiga olib kelishi mumkin va bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan

kafolat tomonidan qoplanmaydi.