Samsung SM-T211 User Manual
Page 459
O'zbek
458
Takroriy harakatlar oqibatida yuzaga keluvchi shikastlanishlar
ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish
yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish
oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning boshqa
qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat
davomida ishlatganingizda, qurilmani erkin holatda ushlang, tugmalarni
ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing. Bunday foydalanish mobaynida
yoki undan keyin ham noqulayliklarni xis qilsangiz, qurilmadan foydalanishni
to‘xtating va doktor bilan maslahatlashing.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida
xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash
•
batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.
Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni
•
ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.
Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan
•
chiqaring.
Batareyani faqatgina zarur maqsadlar uchun foydalaning.
•
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalardan,
zaryadlash qurilmalaridan, aksessuarlaridan va ta’minotdan
foydalaning
Umumiy batareya va zaryadlash qurilmasidan foydalanish, qurilmaning
•
xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki ta’minotlardan
•
foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi uchun javobgar bo‘la
olmaydi.
Qurilma yoki btareyani tishlamang yoki so‘rmang
Bunday qilish qurilmaning buzilishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.
•
Agar bolalar qurilmadan foydalansa, u to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch
•
hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga
kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘li to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.