Samsung EK-GC100 User Manual
Page 541
O'zbek
540
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating
• Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar
xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
• Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin
qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan
simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar
yetkazmang
• Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
• Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar
yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida
xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
• Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash
batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.
• Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni
ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.
• Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan
chiqaring.
• Batareyani faqatgina tegishli maqsadlar uchun foydalaning.
• Batareyalarni uzoq muddat mobaynida ishlatmaslik uning xizmat qilish
vaqtiga va samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bu
batareyaning portlashiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
• Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun,
ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada
berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida kelib
chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati
tomonidan qoplanmasligi mumkin.
• Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida
ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi, lekin
tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan
zararlar qoplanmaydi.
Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.
• Bevosita mikrofonga gapiring.
• Antenna sohasini qo‘lingiz yoki boshqa obyektlar bilan to‘smang. Bu ulanish
muammolariga va batareya zaryadining butunlay tugashiga sabab bo‘lishi
mumkin.