Samsung EK-GC100 User Manual
Page 534
O'zbek
533
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida
foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash
qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning
• Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning
xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi
mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga sabab
bo‘lishi mumkin.
• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun
mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos
kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar
yetkazishi mumkin.
• Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki ta’minotlardan
foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi uchun javobgar bo‘la
olmaydi.
Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va
zararlamang
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va
joylashtiring
• Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki
batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan
qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi
mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy
qonunlarga rioya qiling.
• Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.
• Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv
yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan
himoyalang
• Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.
• Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va
batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.
• Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yo‘l qo‘ymang, chunki
bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasidagi tutashishni yuzaga keltiradi
yoki batareyani zararlaydi.
• Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.