beautypg.com

Samsung GT-P5200 User Manual

Page 542

background image

O'zbek

541

• Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal

predmetlar bilan tegmang. Agar tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani yumshoq

sochiq bilan arting.

• Kartani yoki kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p funksiyali

uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi mumkin.

Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga

ishonch hosil qiling

Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni

amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki

uzoq joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda xizmatlarga bog‘lanishning

muqobil usullarini rejalashtiring.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning

e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling

• Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan

chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.

• Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va

undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi

uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytaring.

• Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing.

Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p

qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda ehtiyot

bo‘ling.

• Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan

himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan

noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini aniqlasangiz, hisob

qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat

ta’minotchingizga murojaat qiling.

• Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni

himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.

• Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni

namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.

Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni

tarqatmang

Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan

materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar

buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining mualliflik

huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy foydalanishi oqibatida

yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar emas.

This manual is related to the following products: