Samsung GT-P5200 User Manual
Page 539
O'zbek
538
Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish
qobiliyatingizni himoya qiling
• Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar
yetkazishi mumkin.
• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash,
diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab
bo‘lishi mumkin.
• Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni
pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda
o‘zingizga kerakli bo‘lgan minimal ovoz balandligidan
foydalaning.
• Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi
mumkin. Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki
statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga
ulashdan oldin metal obyektni ushlang.
• Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang.
Bunday qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va yo‘l transport
hodisasida sabab bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra
qonunbuzarlik sifatida belgilanishi mumkin.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik
bilan foydalaning
• O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi
voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.
• Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib
qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib
yurmang
Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.
Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar
yopishtirmang
• Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib
qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa,
teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin.
Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va
shifokor bilan maslahatlashing.
Qurilma ekrani yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin.
Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.