beautypg.com

Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning – Samsung GT-P5200 User Manual

Page 537

background image

O'zbek

536

Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning

Qurilmangizni quruq holda saqlang

• Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda

qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

• Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz

yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar

qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday holatda

qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va xizmat ko‘rsatish

markaziga olib boring.

• Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini o‘zgartiradi.

Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga

kirmasligi mumkin.

Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying

Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang.

Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish

tavsiya etiladi

• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda

qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki

batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.

• Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga

qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).

• Batareyani quyidagi haroratda saqlash tavsiya etiladi: 0 °C dan 45 °C gacha.

Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall

buyumlar bilan birga saqlamang

• Qurilmangizning ustki qismi chizilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

• Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda, yong‘in

keltirib chiqarilishi mumkin.

Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang

• Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati

yo‘qotilishi mumkin.

• Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon

kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan zararlangan

bo‘lishi mumkin.

This manual is related to the following products: