Samsung GT-P5200 User Manual
Page 538
O'zbek
537
Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi
ilovalardan foydalanmay turing
Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi, qizarish kabi
past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin.
Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang
Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar yetkazishi
mumkin.
Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni
insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang
Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi yoki
ko‘zni shikastlashi mumkin.
Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling
• Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda
qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.
• Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-
asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida
bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Agar
noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.
• Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan
bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
• Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his qilgan
bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat
qiling.
• Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda tez-tez
qisqa tanaffuslar qiling.
Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar
ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish
yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish
oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning boshqa
qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat
davomida ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista
bosing va tez-tez tanaffus qilib turing. Bunday foydalanish mobaynida yoki
undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni
to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.