Samsung GT-N5110 User Manual
Page 536
O'zbek
535
• Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar yaqinida
yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan foydalanmang.
• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni qurilma,
uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada saqlamang yoki olib
yurmang.
Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz
chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini
sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va uni
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan
boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya
qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport
vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni boshqarish
vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va boshqalarning
xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
• Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini o‘rganib
chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul qilish yoki
amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
• Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan
uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil qiling.
Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli pochtangizga
Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.
• To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatib
turing. Yomg‘ir, qor aralash yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz harakat noqulay
sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.
• Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang. “Bajariladiganlar” ro‘yxatini
qidirish yoki manzillar kitobini ko‘rib chiqish asosiy vazifangiz bo‘lgan
transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni chalg‘itadi.
• Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab turgan
vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni tering.
Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos keladigan
vaqtga rejalashtiring.
• Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor
bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini
boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi
suhbatlarni darhol to‘xtating.