Samsung GT-N5110 User Manual
Page 535
O'zbek
534
Qurilmangizdan shifoxona, samolyot yoki radio chastota tomonidan
halaqit berilishi mumkin bo‘lgan avtomatik moslamalarda
foydalanmang
• Qurilmangiz va kardiostimulyator orasida 15 sm masofa qoldiring, chunki
qurilmangiz kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.
• Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun
qurilmangizni tanangizning kardiostimulyatordan eng uzoqda joylashgan
tomonida ishlating.
• Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan avval
radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki yetkazmasligi haqidagi
ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab chiqaruvchisi bilan bog‘laning.
• Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning elektron
navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin. Samolyot
havoga ko‘tarilayotgan va qo‘nayotgan vaqtda qurilmangiz o‘chirilganligiga
ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat bersa, havoga
ko‘tarilgandan so‘ng qurilmangizdan foydalanishingiz mumkin.
• Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi
elektron qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun
ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar
yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv
haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan
bog‘laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi
muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval, qurilma
tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq muammolarga
sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab
chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio
chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qurilma yoki uskunalar
yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring
• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda batareyani olib tashlamasdan,
qurilmangizni o‘chiring.
• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish qoidalari,
normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.