Diqqat – Samsung GT-N5110 User Manual
Page 534
O'zbek
533
Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik
yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash
idishlari ichiga qo‘ymang
• Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.
• Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p
to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda
saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab
bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
• Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi
mumkin.
• Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
• Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga
ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga
kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani
ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin tasdiqlangan
xizmat markazi bilan bog‘laning.
Diqqat
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal
qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning
zararlanishiga olib kelishi mumkin
Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida
foydalanmang
• Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi.
Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.
• LTE ma’lumoti ulanishidan foydalanish audio moslama va telefonlar kabi
boshqa qurilmalarga halaqit berishi mumkin.