Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari – Samsung SM-T230 User Manual
Page 714
O'zbek
713
Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari
(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)
(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar
uchun mo‘ljallangan)
Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni
anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol
uchun quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar
bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim.
Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va insonlarga
zarar yetishining oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta ishlash
va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish
uchun iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan
ajrating.
Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz
utilizatsiya qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi
ma’lumotlarni, ushbu mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy
hokimiyat organidan olishlari mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid
qilish shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu
mahsulot va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat
chiqindilari bilan aralashtirilmasligi lozim.