Sar sertifikatlari haqida ma‘lumot – Samsung SM-T230 User Manual
Page 713
O'zbek
712
SAR sertifikatlari haqida ma‘lumot
USHBU QURILMA RADIO TO‘LQINLAR BO‘YICHA XALQARO
TALABLARGA JAVOB BERADI
Sizning mobil qurilmangiz radio to‘lqinlarini ham uzatadi ham
qabul qiladi. U xalqaro normativlar tomonidan tavsiya etilgan radio
to‘lqin darajalaridan (radio to‘lqin elektromagnitli maydonlar) oshib
ketmaydigan qilib ishlab chiqilgan. Normativlar mustaqil ilmiy-tadqiqot
instituti (ICNIRP) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u yoshi va sog‘ligidan
qat‘iy nazar barcha insonlar uchun xavfsiz bo‘lgan magnit maydonlar
chegarasini o‘z ichiga oladi.
Radio to‘lqin ta‘siri normativi SAR o‘lchov birligidan foydalanadi. Mobil
qurilma uchun SAR qiymatining maksimal o‘lchami : 2,0 W/kg. SAR
sinovlari qurilmaning oddiy ishchi holatida barcha ishchi chastotalari
diapazonlarining eng yuqori kuchlanishi rejimida amalga oshiriladi.
Foydalanish vaqtida, qurilmaning amaldagi SAR qiymatlari yuqorida
ko‘rsatilgan qiymatlardan sezilarli darajada past bo‘ladi. Buning sababi,
tizim samaradorligini oshirish va tarmoqdagi to‘siqlarni kamaytirish
maqsadida, qo‘ng‘iroq uchun to‘liq quvvat bilan ishlash shart
bo‘lmaganda, mobil qurilmangizning ishchi kuchi avtomatik ravishda
pasaytiriladi. Qurilma kuchlanishi qanchalik kam bo‘lsa, SAR qiymati ham
shuncha past bo‘ladi.
Butunjahon Salomatlik Tashkiloti va AQShning Oziq-ovqat va Dori-
darmonlar Ma‘muriyati kabi tashkilotlar agar insonlar nurlanishni oldini
olishni istasalar, ular simsiz qurilmalarni bosh va tanadan uzoqroq
saqlash uchun dinamik aksessuarlaridan foydalanishlarini, yoki hech
bo‘lmaganda simsiz qurilmalardan kamroq foydalanishlarini tavsiya
etadi. Qo‘shimcha ma‘
tashrif buyuring va qurilmangizni model raqami bo‘yicha qidiring.