Samsung SM-T230 User Manual
Page 708
O'zbek
707
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik
bilan foydalaning
• O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim
atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.
• Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib
qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib
yurmang
Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.
Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar
yopishtirmang
• Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib
qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz
bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi
mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni
to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi
mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish
Markaziga olib boring.
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating
• Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va
moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
• Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga
yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda
noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar
yetkazmang
• Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
• Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga
zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.