beautypg.com

Samsung GT-I8262 User Manual

Page 694

background image

O'zbek

693

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida

xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
• Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash

batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.

• Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni

ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

• Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan

chiqaring.

• Batareyani faqatgina tegishli maqsadlar uchun foydalaning.
• Batareyalarni uzoq muddat mobaynida ishlatmaslik uning xizmat

qilish vaqtiga va samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shuningdek, bu batareyaning portlashiga yoki yong‘in kelib chiqishiga

sabab bo‘lishi mumkin.

• Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun

ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada

berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida

kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi

kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.

• Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt

oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi,

lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga

kelgan zararlar qoplanmaydi.

Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.
• Bevosita mikrofonga gapiring.

Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki

o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
• Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar

ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni

ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

• Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash

yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.