beautypg.com

Samsung GT-I8262 User Manual

Page 689

background image

O'zbek

688

• Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar

yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan

foydalanmang.

• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni

qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada

saqlamang yoki olib yurmang.

Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz

chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini

sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va uni

Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi

mumkin.

Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan

boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya

qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport

vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni

boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va

boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
• Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini

o‘rganib chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul

qilish yoki amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.

• Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan

uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil

qiling. Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli

pochtangizga Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.

• To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qo‘ng‘iroqlarni

to‘xtatib turing. Yomg‘ir, qor aralash yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz

harakat noqulay sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.

• Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang. “Bajariladiganlar”

ro‘yxatini qidirish yoki manzillar kitobini ko‘rib chiqish asosiy

vazifangiz bo‘lgan transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni

chalg‘itadi.