beautypg.com

Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning – Samsung GT-I9506 User Manual

Page 690

background image

O'zbek

689

• Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab

turgan vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni

tering. Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos

keladigan vaqtga rejalashtiring.

• Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor

bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini

boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi

suhbatlarni darhol to‘xtating.

Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning

Qurilmangizni quruq holda saqlang
• Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki

unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

• Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz

yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar

qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday

holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va

xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.

• Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini

o‘zgartiradi. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi

kafolatlariga kirmasligi mumkin.

Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying
Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang.

Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish

tavsiya etiladi
• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda

qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi

yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.

• Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq

vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).

• Batareyani quyidagi haroratda saqlash tavsiya etiladi: 0 °C dan 45 °C

gacha.

This manual is related to the following products: