beautypg.com

Samsung GT-I9506 User Manual

Page 685

background image

O'zbek

684

Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga

keltirmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga, batareyaning

zararlanishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida

foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi

mumkin.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash

qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning
• Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish,

qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning

buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki

batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun

mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos

kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy

zarar yetkazishi mumkin.

• Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki

ta’minotlardan foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi

uchun javobgar bo‘la olmaydi.

Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va

zararlamang

Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va

joylashtiring
• Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma

yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi

qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda

portlab ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab

yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.

• Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.
• Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa

tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.

This manual is related to the following products: