beautypg.com

Samsung GT-I9300I User Manual

Page 725

background image

O'zbek

724

• Kartani yoki kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p

funksiyali uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi

mumkin.

Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga

ishonch hosil qiling
Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda

qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda

xizmatlarga bog‘lanishning muqobil usullarini rejalashtiring.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning

e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling
• Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni

esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar

emas.

• Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang

va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda

ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga

qaytaring.

• Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan

o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning

ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda

juda ehtiyot bo‘ling.

• Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali

foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar

shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish

belgilarini aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni

o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat

qiling.

• Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy

ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini

o‘zgartiring.

• Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni

namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.