Samsung SM-R350 User Manual
Page 586

O'zbek
585
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning
e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling
• Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni
esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar
emas.
• Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang
va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda
ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga
qaytaring.
• Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan
o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning
ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda
juda ehtiyot bo‘ling.
• Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali
foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar
shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish
belgilarini aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni
o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat
qiling.
• Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy
ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini
o‘zgartiring.
• Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni
namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.
Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni
tarqatmang
Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan
materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar
buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining
mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy
foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar
emas.