Diqqat – Samsung SM-R350 User Manual
Page 579

O'zbek
578
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga
kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani
ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin
tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.
Diqqat
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal
qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning
zararlanishiga olib kelishi mumkin
Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida
foydalanmang
Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi.
Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.
Qurilmangizdan shifoxona, samolyot yoki radio chastota tomonidan
halaqit berilishi mumkin bo‘lgan avtomatik moslamalarda
foydalanmang
• Qurilmangiz va kardiostimulyator orasida 15 sm masofa qoldiring,
chunki qurilmangiz kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.
• Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun
qurilmangizni tanangizning kardiostimulyatordan eng uzoqda
joylashgan tomonida ishlating.
• Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan
avval radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki
yetkazmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab
chiqaruvchisi bilan bog‘laning.