Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning – Samsung SM-R350 User Manual
Page 581
![background image](/manuals/417071/581/background.png)
O'zbek
580
Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan
boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya
qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport
vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni
boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang.
Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning
Qurilmangizni quruq holda saqlang
• Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki
unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.
• Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz
yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar
qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday
holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va
xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.
• Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini
o‘zgartiradi. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi
kafolatlariga kirmasligi mumkin.
Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying
Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.
Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang.
Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish
tavsiya etiladi
• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda
qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi
yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq
vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).