beautypg.com

Ўзбек – MAXWELL MW-1201 W User Manual

Page 41

background image

41

ЎЗБЕК

oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqtini mahsulotlarning
hajmiga qarab oshirish lozim.
•Yaxshiroq natijasiga erishish uchun oziq-ovqat
mahsulotlarining bo’lakchalari bir xil kattalikda bo’lishiga
harakat qiling, pomeщayte bolee tolstыe kusochki blije k
krayam parovoy chashi.
• Bug’li idishni ortiqcha to’latib yubormang - bug’ning o’tishi
uchun bo’sh joy qoldiring.
• Oziq-ovqat mahsulotlarining katta hajmini tayyorlashda
ularni vaqt-vaqti bilan aralashtirish lozim, bunda juda ham
ehtiyot bo’lish kerak, qo’llaringizni issiq bug’dan himoya
qilish uchun oshxona sochiqlaridan yoki qo’lqoplaridan
foydalaning hamda uzun dastali oshxona anjomlaridan
foydalaning.
• Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash paytida ularga tuz
yoki ziravorlar qo’shish tavsiya etilmaydi.
• Taglik (6) ichida yig’ilgan suyuqlik sho’rvalarni tayyorlash
uchun a’lo ravishda mos kleadi va bul’on sifatida ishlatilishi
mumkin. Lekin undan foydalanganda ehtiyot bo’ling: u juda
issiq bo’ladi.
• Doimo faqat to’liq eritilgan mahsulotlardan foydalaning.

Bir vaqtning o’zida ikkita bug’li idishdan foydalanish
paytida:
- Doimo eng yirik mahsulot bo’lakchalarini pastki bug’da
pishirish uchun idishning ichiga soling.
- Yuqoridagi bug’li idishning ichida hosil bo’ladigan kondensat
tagidagi bug’li idishning ichiga oqib tushadi, shuning uchun
tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mi bir-
biriga mos bo’lishiga ishonch hosil qiling.
- Go’sht, tovuq va sabzavotlarni tayyorlaganda doimo
go’shtni tagidagi bug’li idishga solish kerak, shunda xom
go’shtning suvi sabzavotlarga oqib ketmaydi.
- Ustki bug’li idishda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash
vaqti odatda 5 minut uzoqroq davom etadi.
- Siz turli vaqt ichida tayyor bo’ladigan oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlaganda, tagidagi bug’li idishga eng
uzoq tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini soling.
Ustki bug’li idishda oziq-ovqat mahsulotlari tayyor bo’lgan
paytida siz shu idishni olib qo’yishingiz mumkin, tagidagi
bug’li idishning ustini esa buyumning qopqog’i bilan yopib,
oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni davom ettirishingiz
mumkin.

BUG’DA TAYYORLASH MOSLAMASINI TOZALASH
• Bug’da tayyorlash moslamasini tozalashdan avval
o’chiring, uni elektr tarmog’idan o’chiring va uning to’liq
sovishini kutib turing.
• Bug’da tayyorlash moslamasining tarmoq simini, tarmoq
vilkasini va korpusini suvga botirish taqiqlanadi.
• Bug’da tayyorlash moslamasining bug’li idishlarini,
taglikni, ustki qopqog’ini va korpusini tozalash paytida
abraziv tozalash vositalaridan foydalanmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasining bug’li idishlarini,
gruch tayyorlash uchun idishni, taglikni v buyumning ustki
qopqog’ini idish yuvish uchun vositasi bilan iliq suvda
yuvish tavsiya etiladi, yechib olinadigan anjomlarni yuvish
uchun idish yuvish mashinasidan foydalanmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasining korpusini nam mato
bilan arting.
• Bug’li idishlarni muntazam yuvib turing.

QUYQANI TOZALASH
Bug’da tayyorlash moslamasidan foydalanish paytida isitish
elementining ustida quyqa hosil bo’lishi mumkin, bu tabiiy
jarayon bo’lib, ishlatiladigan suvning tuzliligi darajasiga
bog’liq bo’ladi. Bug’da tayyorlash moslamasining normal
ishlashi uchun isitish elementidan ushbu quyqani muntazam
tozalab turish lozim.
• Suv uchun idishni suvning maksimal sathi darajasigacha
oshxona sirkasining 1 qismi suvning 3 qismiga nisbatidagi
sirka eritmasi bilan to’ldiring.
MUHIM: quyqani ketkazish uchun kimyoviy vositalardan
foydalanmang.
• Taglikni (6), bitta bug’da pishirish uchun idishni (3 yoki 4)
bug’da pishirish uchun moslamaning ustiga o’rnating, ustini
qopqoq (1) bilan yoping va bug’da pishirish moslamasini
5-10 daqiqaa yoqing.
• Taymerning vaqti tugaganda Bug’da tayyorlash
moslamasini tarmoqdan o’chiring va uning to’liq sovishini
kutib turing, keyin sirka eritmasini to’kib tashlang.
• Suv uchun idishni salqin suv bilan yuving, suvni yana
bir marta quying, taglikni (6), bitta bug’li idishni (3 yoki 4)
o’rnating, uni buyumning qopqog’i bilan yoping (1), Bug’da
tayyorlash moslamasini yoqing va taymerni 5 minutga
o’rnating.
• Bug’da tayyorlash moslamasini o’chiring, uning to’iq
sovishini kutib turing, suvini to’kib tashlang, buyumning
korpusi, bug’li idishlarini va buyumningqopqog’ini quriting
hamda buyumni keyingi foydalanish vaqtigacha olib

qo’ying.

SAQLASH
Bug’da tayyorlash moslamasini quruq, salqin, bolalar yeta
olmaydigan joyda saqlang.

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI TAYYORLASH VAQTI
VA TAOMNOMALAR
• Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqti mahsulotlarning
hajmiga, bug’ idishidagi bo’sh joylarga, ularning yangi ligi
darajasiga va Sizning ta’mingizga bog’liq.
• Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqti tagidagi bug’li
idishga nisbatan ko’rsatilgan, ustki bug’li idishda oziq-
ovqat mahsulotlari uzoqroq, taxminan 5 minut ko’proq
tayyorlanadi.
• Oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi ko’proq yoki kamroq
bo’lganda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqtini
shunga mos oshiring yoki kamaytiring.

SABZAVOTLAR
• Brokkoli karamining qalin poyalarini va gulkaramning qalin
gul poyasini kesib olib tashlang.
• Yashil bargli sabzavotlarni mumkin qadar qisqa vaqt
davomida tayyorlang – ular o’z rangini tez yo’qotadi.
• Mahsulotlarni tayyorlashdan keyin tuz va ziravorlarni
qo’shish lozim.
• Muzlatilgan sabzavotlarni Bug’da tayyorlash moslamasida
tayyorlashdan avval eritish shart emas.

MW-1201.indd 41

MW-1201.indd 41

03.08.2010 11:17:19

03.08.2010 11:17:19