beautypg.com

Ўзбек – MAXWELL MW-1101 W User Manual

Page 44

background image

44

ЎЗБЕК

sekinlashtirishi yoki hatto elektr motorning
ortiqcha iqizib ketishiga olib kelishi mumkin.

Foydali maslahatlar

Faqat yangi meva va sabzavotlardan
foydalaning, chunki ularda ko’proq sharbat
bo’ladi.

Sharbatni tayyorlash uchun turli
sabzavotlardan (sabzi, bodring, lavlagi,
selderey poyalari, ismaloq, pomidor)
yoki mevalardan (olma, uzum, ananas,
apelsinlar) foydalanish mumkin.

• Po’stlog’ini yoki ingichka po’stini tozalash

shart emas, mevalardan faqat qalin
po’stini tozalash kerak bo’ladi (masalan,
ananas yoki xom lavlagidan).

Olma sharbatini tayyorlashda uning
to’yinganligi va ta’mi ishlatilayotgan
olmalarning turiga bog’liq ekanligini
unutmang. Sizga eng a’lo mos keladigan
sharbat beruvchi olma navini tanlang.
Mevalarning sharbatini po’stlog’i bilan
siqib oling. Mevaning o’rtasini tozalash
shart emas.

• Olma sharbati o’ta tez qorayadi, unga bir

nechta tomchi limon sharbatini tomizing,
bu sharbatning qorayish jarayonini
to’xtatib qo’yadi.

• Sharbatni uning tayyorlanganidan keyin

darhol iching. Havoda uzoq saqlaganda
sharbat o’zining ta’mi sifatini va ozuqa
qiymatini yo’qotadi.

• Agar sharbat sovutgichda saqlanadigan

bo’lsa, u sovutgichda saqlanayotgan
boshqa oziq-ovqatlarning begona hidini
o’ziga singdirmasligi uchun uning idishini
qopqoq bilan yoping yoki uni qopqoqli
toza butilkaga quyib oling. Sharbatni
metall idishda saqlash mumkin emas,
chunki u shunday yoqimsiz ta’miga ega
bo’lishi mumkin.

• Sharbat chiqargichda tarkibida kraxmal

yoki pektin ko’p bo’lgan mevalarni,
masalan, banan, papayya, avokado,
anjir, o’riklar, mango, qizil qoraqat va
qoraqatlarning sharbatini chiqarish

tavsiya etilmaydi. Bunday mevalarning
sharbatini olish uchun boshqa oshxona
asboblaridan foydalaning.

• Sharbat chiqargich juda qattiq va ko’p

tolali mahsulotlarni, masalan, kokos,
ravoch yoki behi kabilarning sharbatini
olish uchun mo’ljallanmagan.

SHARBAT CHIQARGICHNI TOZALASH
• Ishlash tugaganidan keyin yoki

tozalashdan avval doimo asbobni o’chiring
va uni elektr tarmog’idan olib qo’ying.

• Yechib olinadigan detallarni neytral

yuvish vositasi qo’shilgan iliq suv bilan
yuvish tavsiya etiladi.

• Filtrovchi qirg’ichning teshiklarini orqa

tomonidan yuvish qulayroq bo’ladi.
Filtrovchi qirg’ichni yuvish paytida ehtiyot
bo’ling, qirg’ichning o’tkir yuzasi mavjud.
Filtrovchi qirg’ichni yuvish uchun idish
yuvish mashinasidan foydalanmang.

• Sharbat chiqargichning motorli blokini

nam mato bilan arting. Motorli blokni
suvga botirish yoki uni suv oqimi ostida
yuvish taqiqlanadi.

• Yuvish paytida qattiq gubkalardan,

abraziv, agressiv tozalash vositalaridan,
shuningdek erituvchilardan
foydalanmang.

• Ba’zi mahsulotlar, masalan, sabzi,

pomidor yoki lavlagi, sharbat
chiqargichning plastmassa detallarini
bo’yashi mumkin. Dog’larni tozalash
uchun o’simlik moyidan foydalanish
mumkin, shundan keyin detallarni
yumshoq yuvish vositasi qo’shilgan iliq
suv bilan yuvib, keyin ularni quritish kerak.

SAQLASH
• Asbobni saqlash uchun olib qo’yishdan

avval ushbu asbob elektr tarmog’idan olib
qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.

• SHARBAT CHIQARGICHNI TOZALASH

bo’limining talablari amallarini bajaring.

• Asbobini quruq, salqin, bolalar yeta

olmaydigan joyda saqlang.

MW-1101.indd 44

MW-1101.indd 44

27.05.2009 9:40:50

27.05.2009 9:40:50