O'zbek, Xavfsizlik ma’lumoti, Ogohlantirish – Samsung SM-R380 User Manual
Page 642
O'zbek
641
Xavfsizlik ma’lumoti
Ushbu xavfsizlik ma’lumoti mobil qurilmalar haqidagi
axborotlardan iborat. Ba’zi ma’lumotlar qurilmangizga mos
kelmasligi mumkin. O‘zingiz va atrofdagilarga shikast yetkazmaslik
va qurilmani nosozliklardan saqlash uchun ushbu qurilmadan
foydalanishdan oldin xavfsizlik ma'lumotlarini o‘qib chiqing.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal
qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib
kelishi mumkin
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan
elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash
qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang
Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki
uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.