Ўзбек – MAXWELL MW-3012 W User Manual
Page 34
![background image](/manuals/25640/34/background.png)
34
ЎЗБЕК
34
YO’L UCHUN DAZMOL
TA’RIFI
1. Suv purkagichining tuynugi
2. Bug’ni qo’shimcha berishning tugmasi
3. Suv purkagichining tugmasi
4. Suv quyish teshigining qopqog’i
5. Haroratning sozlagichi
6. Suv uchun sig’im
7. Suv quyish uchun idish
8. Tarmoq simining himoyasi
9. Isitish elementini yoqish/o’chirish
indikatori
10.Dazmol dastasini bloklash tugmasi
11.Dazmol tagligi
XAVFSIZLIK CHORALARI
Foydalanishdan avval yo’riqnomani diqqat
bilan o’qing, shuningdek rasmlarga e’tibor
bering.
• Dazmolni yoqishdan avval tarmoqda
kuchlanish dazmolning ish kuchlanishiga
mos kelishiga ishonch hosil qiling.
• Tarmoq simi “evrovilka” bilan jihozlangan;
uni ishonchli yerga tutashish simi bo’lgan
rozetkaga yoqing.
• Yong’in kelib chiqishi xavfi bo’lmasligi
uchun asbobni elektr rozetkaga ulashda
moslashtirgichlardan foydalanmang.
• Elektr tarmoqqa ortiqcha yuk tushmasligi
uchun bir vaqtning o’zida katta iste’mol
quvvati bo’lgan bir nechta asbobni
yoqmang.
• Dazmoldan faqat yo’riqnomada
ko’rsatilgan maqsadlarda foydalaning.
• Buyumdan xonalardan tashqarida
foydalanmang.
• Dazmolni tekis barqaror yuzaga qo’ying
yoki dazmoldan faqat dazmollash
taxtasida foydalaning
• Yoqilgan dazmolni qarovsiz qoldirmang.
• Dazmoldan foydalanmaganda doimo uni
tarmoqdan o’chirib qo’ying.
• Idishni suv bilan to’ldirishda doimo
dazmolning tarmoqvilkasini tarmoqdan
o’chiring.
• Dazmoldan foydalanganda suv quyish
tuynugining qopqog’i zich yopilgan
bo’lishi lozim.
• Suv idishiga xushbo’ylashtiradigan
suyuqliklarni, sirka, ohor eritmasini,
quyqani tozalash uchun reagentlar,
kimyoviy moddalar va hokazolarni quyish
taqiqlanadi.
• Kuymaslik uchun terining ochiq
joylariga dazmolning issiq qismlari yoki
chiqayotgan bug’ tegib ketishidan ehtiyot
bo’ling.
• Tarmoq simi dazmollash taxtasining
chetidan osilib tushmasligi, shuningdek
issiq yuzalarga tegmasligini kuzatib
turing.
• Dazmolni elektr tarmog’iga yoqish/
o’chirishdan avval, dazmol haroratining
sozlagichini «0» holatiga o’rnating.
• Dazmolni elektr tarmog’idan o’chirganda
doimo tarmoq vlkasidan ushlang, hech
qachon tarmoq simidan tortmang.
• Elektr toki bilan shikastlanmaslik uchun
dazmolni suvga yoki boshqa istalgan
suyuqlikka botirmang.
• Dazmolni olib qo’yishdan avval suvning
qolganini to’kib tashlang va uning to’liq
sovishini kuting.
• Faqat dazmol tarmoqdan o’chirilganidan
keyingina suvni to’kib tashlang.
• Tarmoq vilkasi, simi shikastlangan,
shuningdek boshqa har qanday
nosozliklari bo’lgan dazmoldan
foydalanmang.
• Dazmol tushib ketganidan keyin,
uning ustida ko’rinib turgan
shikastlanishlar bo’lganda yoki undan
suv oqib chiqadigan holda dazmoldan
foydalanmang.
• Elektr toki bilan shikastlanmaslik
uchun hech qachon dazmolni mustaqil
qismlarga ajratmang, nosozlik
aniqlanganda ro’yxatga olingan servis
markaziga murojaat qiling.
• Bolalarga buyumdan o’yinchoq sifatida
foydalanishga ruxsat bermang.
MW-3012.indd 34
MW-3012.indd 34
30.11.2010 14:09:10
30.11.2010 14:09:10