beautypg.com

Ўзбек – Vitek VT-1256 User Manual

Page 39

background image

39

ЎЗБЕК

BUG’ KAMERASINI TOZALASH
Dazmolning xizmat qilish muddatini uzaytirish
uchun, ayniqsa «qattiq» suvi bo’lgan mintaqalarda
bug’ kamerasini muntazam tozalash tavsiya
etiladi.
• Bug’ni doimiy berish sozlagichini (3) «bug’ning

berilishi o’chirilgan» holatiga o’rnating.

• Suv uchun sig’imni (11) suv bilan MAX

belgisigacha (13) to’ldiring.

• Dazmolni asosiga qo’ying (8).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting.
• Haroratni sozlash moslamasini (10) burab

dazmol tagligining «MAX» haroratini belgilang,
bunda indikator (9) yonadi (3-rasm).

Dazmol tagining harorati (12) maksimal

haroratga yetganda, indikator (9) o’chadi,
dazmol bug’ kamerasini tozalash jarayonini
boshlash mumkin.

• Haroratni sozlash moslamasini (10) «MIN»

holatiga qo’yib, dazmolni o’chiring.

• Tarmoq simining vilkasini rozetkadan chiqarib

oling.

• Dazmolni chig’anoq ustida gorizontal ushlab

turing, (14) «SELF CLEAN» tugmasini bosib,
ushlab turing (7-rasm).

• Qaynayotgan suv va bug’ quyqa bilan birga

dazmol tagligining teshiklaridan chiqib turadi
(12).

• To suvning hammasi sig’imdan (11) chiqib

ketmaguncha dazmolni oldinga-orqaga
ozgina chayqatib turing.

• Dazmolni asosga qo’ying (8) va uning to’liq

sovishini kutib turing.

• Dazmolning tagligi (12) to’liq soviganda, uni

mato bo’lagi bilan arting.

• Dazmolni saqlash uchun olib qo’yishdan avval

sig’imda (11) suv yo’qligi, dazmolning tagligi
(12) mutlaqo quruqligiga ishonch hosil qiling.

PARVARISh QILISH VA TOZALASH
• Dazmolni tozalashdan avval u tarmoqdan

o’chirilganligi va soviganligiga ishonch hosil
qiling.

• Dazmol korpusini ozgina nam mato bilan

arting, keyin uni quriguncha arting.

• Dazmol tagligidagi qoplamlar sirka-suv

eritmasiga namlangan mato bilan ketkazilishi
mumkin.

• Qoplamlar ketkazilganidan keyin taglik

yuzasini quruq mato bilan silliqlab arting.

• Dazmol tagligi va korpusini tozalash uchun

abraziv moddalardan foydalanmang.

• Dazmol tagligini o’tkir metall buyumlarga

tegishidan asrang.

SAQLASH

Haroratni sozlash moslamasini (10) soat

miliga qarshi «MIN» holatigacha burang,
bug’ni doimiy berish sozlagichini (3) «bug’ning
berilishi o’chirilgan» holatiga o’rnating.

• Tarmoq simining vilkasini rozetkadan oling.
• Dazmolning to’liq sovishini kuting.
• Suv quyish tuynugining qopqog’ini (2) oching,

dazmolni ag’daring va suv idishidan (11)
suvning qolganini to’kib tashlang (8-rasm).

• Qopqoqni yoping (2).
• Dazmolni vertikal holda quruq, salqin, bolalar

yeta olmaydigan joyda saqlang.

Etkazib berish to’plami
Dazmol – 1 dona.
Suv quyish uchun idish – 1 dona.

TEXNIK TAVSIFLAR
Ta’minot kuchlanishi: 220- 240 V ~ 50 Hz
Maksimal iste’mol qilinadigan quvvati: 2000 W

Ишлаб чиқарувчи жиҳоз хусусиятларини
олдиндан маълум қилмасдан ўзгартириш
ҳуқуқини сақлаб қолади.

Buyumning xizmat qilishining muddati - 3 yil

Кафолат шартлари
Ушбу жиҳозга кафолат бериш масаласида

худудий дилер ёки ушбу жиҳоз харид қилинган
компанияга мурожаат қилинг. Касса чеки ёки
харидни тасдиқловчи бошқа бир молиявий
ҳужжат кафолат хизматини бериш шарти
ҳисобланади.

Ушбу жиҳоз 89/336/ЯЕC
Кўрсатмаси асосида белгиланган
ва Қувват кучини белгилаш
Қонунида (73/23 ЕЭС) айтилган
ЯХС талабларига мувофиқ
келади.

1256.indd 39

1256.indd 39

25.03.2010 11:37:23

25.03.2010 11:37:23