beautypg.com

Ўзбек – Vitek VT-1256 User Manual

Page 36

background image

36

ЎЗБЕК

36

BUG’LI DAZMOL

TA’RIFI
1. Suv purkagichining tuynugi
2. Suv quyish teshigining qopqog’i
3. Bug’ni doimiy berish sozlagichi
4. Suv purkagichining tugmasi
5. Bug’ni qo’shimcha berishning tugmasi
6. Dazmol dastasi
7. Tarmoq simining himoyasi
8. Dazmol asosi
9. Isitish elementini yoqish/o’chirish indikatori
10. Haroratning sozlash moslamasi
11. Suv uchun sig’im
12. Dazmol tagligi
13. Suvning maksimal darajasining ko’rsatkichi
14. SELF CLEAN o’zini tozalash rejimini yoqish

tugmasi

15. Suv quyish uchun idish

EHTIYOT CHORALARI
Foydalanishdan avval yo’riqnomani diqqat bilan
o’qing, shuningdek rasmlarga e’tibor bering.
• Dazmolni yoqishdan avval tarmoqda

kuchlanish dazmolning ish kuchlanishiga mos
kelishiga ishonch hosil qiling.

• Tarmoq simi “evrovilka” bilan jihozlangan;

uni ishonchli yerga tutashish simi bo’lgan
rozetkaga yoqing.

• Yong’in kelib chiqishi xavfi bo’lmasligi

uchun asbobni elektr rozetkaga ulashda
moslashtirgichlardan foydalanmang.

• Elektr tarmoqqa ortiqcha yuk tushmasligi

uchun bir vaqtning o’zida katta iste’mol
quvvati bo’lgan bir nechta asbobni yoqmang.

• Dazmoldan faqat yo’riqnomada ko’rsatilgan

maqsadlarda foydalaning.

• Dazmolni tekis barqaror yuzaga qo’ying.
• Ushbu buyum bolalar yoki imkoniyatlari

cheklangan kishilar tomonidan foydalanish
uchun mo’ljallanmagan, faqat agar ularga
ularning xavfsizligi uchun javob beradigan

shaxs tomonidan ushbu buyumdan xavfsiz
foydalanish to’g’risida va buyumdan noto’g’ri
foydalanganda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
xavfl ar to’g’risida tegishli va ularga tushunarli
bo’lgan yo’riqnomalar berilgan holdagina
ruxsat etiladi.

• Idishni suv bilan to’ldirishda doimo dazmolni

tarmoq simini rozetkadan o’chiring.

• Suv idishiga xushbo’ylashtiradigan

suyuqliklarni, sirka, ohor eritmasini, quyqani

tozalash uchun reagentlar, kimyoviy moddalar
va hokazolarni quyish taqiqlanadi.

• Dazmoldan foydalanganda suv idishini suv

bilan to’ldirish uchun suv quyish tuynugining
qopqog’i zich yopilgan bo’lishi lozim.

• Dazmoldan faqat dazmollash taxtasida

foydalaning.

• Tarmoq simi dazmollash taxtasining chetidan

osilib tushmasligi, shuningdek issiq yuzalarga
tegmasligini kuzatib turing.

• Yoqilgan dazmolni qarovsiz qoldirmang.
• Dazmoldan foydalanmaganda doimo uni

tarmoqdan o’chirib qo’ying.

Dazmolni elektr tarmog’idan o’chirganda

doimo tarmoq vlkasidan ushlang, hech qachon
tarmoq simidan tortmang.

Kuymaslik uchun terining ochiq joylariga

dazmolning issiq qismlari yoki chiqayotgan
bug’ tegib ketishidan ehtiyot bo’ling.

Elektr toki bilan shikastlanmaslik uchun

dazmolni suvga yoki boshqa istalgan
suyuqlikka botirmang.

• Dazmol tushib ketganidan keyin, uning ko’zga

ko’rinarli shikastlanishlari mavjud bo’lsa
yoki suv oqib ketayotgan bo’lsa, dazmoldan
foydalanmang .

• Tarmoq vilkasi, tarmoq simi shikastlangan,

shuningdek boshqa har qanday nosozliklari
bo’lgan dazmoldan foydalanmang.

• Elektr toki bilan shikastlanmaslik uchun

hech qachon dazmolni mustaqil qismlarga
ajratmang, nosozlik aniqlanganda faqat
ro’yxatga olingan servis markaziga murojaat
qiling.

Dazmolni saqlash uchun olib qo’yishdan

avval dazmolni tarmoqdan o’chiring, suvning
qolganini to’kib tashlang va uning to’liq
sovishini kuting.

• Buyumni bolalar va imkoniyati cheklangan

kishilar yeta olmaydigan joyda saqlang.

• Bolalarga buyumdan o’yinchoq sifatida

foydalanishga ruxsat bermang.

BIRINCHI FOYDALANISHDAN AVVAL
• Dazmolni o’ramdan ochib oling va dazmol

tagligida (12) karton himoyasi bo’lganda uni
olib tashlang.

• Tarmoqdagi kuchlanish dazmolning ish

kuchlanishiga mosligiga ishonch hosil qiling.

Eslatma
Birinchi yoqilganda dazmolning isitish elementi

1256.indd 36

1256.indd 36

25.03.2010 11:37:23

25.03.2010 11:37:23