beautypg.com

Samsung SM-P905 User Manual

Page 692

background image

O'zbek

691

• Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan

o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat

qiling.

• Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his

qilgan bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga

murojaat qiling.

• Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda

tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.

Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar

ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni

tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda

amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki

tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin.

Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin

holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.

Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni

his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan

maslahatlashing.

Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish

qobiliyatingizni himoya qiling

• Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga

zarar yetkazishi mumkin.

• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash,

diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab

bo‘lishi mumkin.

• Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni

pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga

kerakli bo‘lgan minimal ovoz balandligidan foydalaning.

• Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin.

Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki statik elektr quvvatini

yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni

ushlang.

• Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday

qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab

bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik sifatida

belgilanishi mumkin.